• eye Maxsus imkoniyatlar
Ko'p beriladigan savollar

Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazishni moliyalashtirish hamda mablag'lardan foydalanish tartibi to'g'risida YO'RIQNOMAga muvofiq holda to'lanadi.

Taklifnomani berilmaganligi fuqarolarning saylovda qatnashish huquqlarini cheklamaydi.

O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 27-28-moddalari talabiga ko'ra saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro'yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi va yashash joyi manziliga oid ma'lumotlar kiritilishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 25-moddasi talabiga ko'ra,  boshqa saylov komissiyalarining a'zolari, siyosiy partiyalarning a'zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek  nomzodlarga bevosita bo'ysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining a'zosi bo'lishi mumkin emas.

O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasi talabiga ko'ra, saylov byulletenini mustaqil ravishda to'ldirish imkoniyatiga ega bo'lmagan saylovchi o'z xoxishiga ko'ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasi muvofiq Ovoz berish jarayonida extiyotsizlik tufayli buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra almashtirib berilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 4-moddasi talabiga ko'ra, saylov kuni 18 yoshga to'lgan O'zbekiston fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 22 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to'g'risida"gi qarori talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Markaziy saylov komissiyasi bilan O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyati o'rtasida imzolangan hamkorlik Kelishuviga muvofiq ko'zi ojiz saylovchilar ro'yxatdan o'tgan okrug saylov komissiyalari dislokasiyasi aniqlanib, ulardagi saylov uchastkalarida saylovchilar Brayl yozuvida tayyorlangan trafaretlar yordamida ovoz berishi ta'minlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 27-moddasiga binoan saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o'n sakkiz yoshga to'lgan, ro'yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro'yxatiga kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro'yxatiga kiritilishi mumkin.

Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме