• eye Maxsus imkoniyatlar
Maqolalar
Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 24-oktabrini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilaganidan va 23-iyuldan saylov kampaniyasi boshlanganidan buyon bir oy o‘tdi. Aytish kerakki, saylov ko‘pning sa’y-harakati bilan amalga oshiriladigan muhim siyosiy tadbir. Ko‘pning ko‘lankasi ham oltin, deydi dono xalqimiz. Bu ko‘pning ahilligi, hamjihatligi va g‘ayrati bilan amalga oshadigan ishda baraka mo‘l bo‘ladi, degani.
2021 yil 24 oktyabrda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.
Yana sanoqli kunlardan keyin aziz Vatanimiz — O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu tarixiy sanaga “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g'oya asosida qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan xalqimiz istiqlol bayramini barcha sohada ulkan muvaffaqiyatlar bilan kutib olmoqda.
Umume'tirof etilgan xalqaro saylov standartlarida fuqarolarning saylov huquqlari asosan ikki qismga, faol saylov huquqi va passiv saylov huquqiga bo'linadi. Faol saylov huquqi – fuqarolarning davlat rahbari va hokimiyatning vakillik organlari saylovida saylovchi sifatida ishtirok etish, ya'ni ovoz berish huquqidir. Passiv saylov huquqi – fuqaroning davlat organlariga (davlat rahbari lavozimiga) saylanish huquqidir. Faol saylov huquqidan farqli o'laroq, passiv saylov huquqi fuqarolarga qo'yiladigan nisbatan yuqori yosh talabi, muayyan mulkka ega bo'lish talabi, mamlakat hududida muayyan muddat o'troq yashagan bo'lishi kabi talablar bilan chegaralanishi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasining 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga rasman start berildi. 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi qabul qilinib, ijrosiga kirishilganiga bir oydan oshdi. Mazkur jarayonlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Suyarjon QURBONQULOVning fikrlari bilan qiziqdik...
Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksiga muvofiq bo‘lib o‘tadi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov huquqiga ega bo‘lgan har bir yurtdoshimizning saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi muhim ahamiyatga ega.
Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam.
Davlatimiz va jamiyatimiz hayotidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda, xalqimiz huquq va manfaatlarini himoya qilishda, jamoatchilik nazoratini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eng muhim afzalliklaridan bir shundaki, nafaqat qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, balki mavjud muammo va kamchiliklar ham baralla aytilib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olinmoqda.
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме