• eye Maxsus imkoniyatlar
Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev “Saylovlar jarayonlari texnologiyalari va saylovlar monitoringi” mavzusida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy bilan ana shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston delegasiyasining “Saylovlar jarayonlari texnologiyalari va saylovlar monitoringi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi ishtiroki doirasida 13 may kuni anjumanning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan ushbu forumda saylovlarni xalqaro kuzatish prinsiplari va standartlari, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, ijtimoiy tarmoqlar va mesendjerlarning saylov kampaniyasi davridagi o‘rniga doir masalalar muhokama qilindi.
13 may kuni Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasi tomonidan “Pandemiyadan so‘ng demokratiyani yanada mustahkamlash” shiori ostida Seul Xalqaro forumi o‘tkazildi. Onlayn shaklida o‘tgan anjumanda Butunjahon saylov organlari assosiasiyasiga (A-WEB) a’zo mamlakatlarning saylov organlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi ishtirokchi-davlatlarining Demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro institutining 15 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
Bugun – 12 may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi ZOOMdasturi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yaqindagina nashrdan chiqqan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”  kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
7 may kuni Markaziy saylov komissiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorlikdagi O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash loyihasining boshqaruv qo‘mitasining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
28 aprel - 6 may kunlari Davlat boshqaruvi akademiyasida saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar va saylov jarayoni boshqa tashkilotchilarining malakasini oshirishda mas’ul bo‘lgan respublika trenerlari hamda mas’ul shaxslar uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Sherzod ALIMOVdan Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi hamda Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме