• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi
06.09.2021
785
2021-yil 6-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish hamda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari majlis kun tartibidagi birinchi masala -  Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish masalasini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq DIIHB YeXHTdan 9 nafar xalqaro kuzatuvchi  ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Qayd etish joiz, shu kunga qadar akkreditasiyadan o‘tkazilgan xalqaro kuzatuvchilar soni 12 nafarga yetdi. Qabul qilingan qarorga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiya qilingan xalqaro tashkilot kuzatuvchilariga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanadi.

Shuningdek, majlisda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq 25 nafar mahalliy OAV vakili ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qayd etish joiz, shu kunga qadar akkreditasiyadan o‘tkazilgan mahalliy OAV vakillari soni 802 nafarni, xorijiy OAV vakillari  soni 48 nafarni tashkil etmoqda.

Majlis so‘ngida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме